"Lokomotiv"ning "Metallurg"ga qarshi o‘yini oldidan qiziq ma’lumot

  • 28 iyun, 2022, 19:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 13-tur uchrashuvlariga ham start berildi. Bu turda “Metallurg” hamda “Lokomotiv” ishtirokidagi o‘yin ham bor. Bu 30 iyun sanasiga belgilangan.

Tecno

Qizig‘i, “Lokomotiv” matbuot xizmati besh yil ilgari aynan 30 iyun kunida ushbu klublar Toshkentda bellashishgan o‘yinni yodga oldi.

“2017 yilning 30 iyun kuni “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda “temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan”, - deyiladi xabarda.

Oliy liga, 3-tur

“Lokomotiv” – “Metallurg” – 3:1

Gollar: J.Abdumo‘minov, 22 – M.Bobojonov, 52. A.Amonov, 63. T.Kapadze, 72.

Ko‘ramiz, bu safar qanday natija qayd etilarkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!