"Lokomotiv"ning Qatardagi omadsizliklari davom etadi
"Ahmad bin Ali" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa "Lokomotiv"ning Qatar jamoalariga qarshi safardagi o‘yinlardagi omadsizliklari davom etdi.
Gap shundaki, "temiryo‘lchilar" hozirga qadar OChL doirasida uch bor Qatarga tarshif buyurgan va ularning barchasida mag‘lub bo‘lgan.
2015 yil "Loko" xuddi shu stadionda "Al Sadd"ga 2:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili "Al Duhail" Andrey Miklyaev boshliq "Lokomotiv"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar