
"Lo‘lilar qiroli"ning mashg‘ulotiga restlingdagi bo‘lajak raqibi bostirib kirib, uni erga qulatdi
Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni "Lo‘lilar qiroli" nomi bilan mashhur Tayson Fyuri restlingdagi debyutiga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda. Ammo so‘nggi mashg‘ulotida yoqimsiz voqea yuz berdi.
Britan bokschisi sparring sherigi bilan mashq qilayotgan jarayonda, uning Saudiya Arabistonida to‘qnash keladigan raqibi Braun Strouman kirib, unga qarshi xavfli uslubni qo‘llaydi. Natijada, Fyuri yiqilib tushadi.
Eslatib o‘tamiz: Ularning jangi 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar