Lomachenko, Krouford yoki "Kanelo" qay biri profi boks olamining yuzi...? Bu borada mashhur promouter o‘z fikrini bildirdi
“Golden Boy” promouteri Oskar De La Xoya Saul Alvaresni (53-1-2, 36 KO) hozirgi davrning eng yaxshi bokschisi deb hisoblaydi.
"Alvares dunyodagi eng yaxshi bokschi. Buni hammamiz tan olishimiz kerak. Menga Krouford, Lomachenko yoki boshqa birortasini Alvares kabi buyuk ekanligi haqida gapirmasin”, - dedi De La Xoya.
Eslatib o‘tamiz: "Kanelo" bugun 11-raundda Kovalyovni nokautga uchratdi va yarim og‘ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.
Fikrlar