London klubi “Liverpool” futbolchisiga ko‘z tikdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Kёrtis Jonsning xizmatlariga "Tottenxem" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Pol Joysning ma'lum qilishicha, Jonsning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Lekin klub unga hali yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q va ayni vaqtda "shporlar" futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. London klubi Kёrtisni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan.
24 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, angliyalik futbolchi mersisaydliklar tarbiyalanuvchisi hisoblandi. U 2020 yilda asosiy jamoa safiga kelib qo‘shilgan. Shu davr mobaynida xavbek 206 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 23 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar