London klubi o‘zining rekord transferini e’lon qildi

  • 02.08.2024 19:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Emil Smit-Rou “Arsenal”dan “Fulhem”ga safiga qo‘shildi. London klubi 24 yoshli yarim himoyachining transferini e’lon qildi.

Angliyalik futbolchi "Fulhem" bilan yana bir yilga mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu transfer “Fulhem” tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi. Umumiy summa 34 millionni tashkil qildi.

Smit-Rou o‘tgan mavsumda Premer-ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

U 2019/20 yilgi mavsumda "Arsenal" safida Premer-ligada debyut qilgan. Yarim himoyachi o‘sha 2019/20 yilgi mavsumda Chempionshipda "Xaddersfild"da ham o‘ynagan, shundan so‘ng u faqat "kanonirlar"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!