
Los-Anjelas – 2028 yozgi Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari e’lon qilindi
Xalqaro Federatsiyaning keng qamrovli arizalari va ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) Boshqaruv kengashi Los-Anjelas – 2028 yozgi Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun 22 sport turini tasdiqladi.
Quyida tasdiqlangan 22 sport turi bilan tanishtirib o‘tamiz:
1. Para badminton
2. Bochcha
3. Ko‘zi ojizlar futboli
4. Golbol
5. Para dzyudo
6. Para kanoe
7. Para ot sporti
8. Para stol tennisi
9. Aravachada tennis
10. Aravachada qilichbozlik
11. Aravachada basketboli
12. Para kamondan otish
13. Para engil atletika
14. Para pauerlifting
15. Para voleybol
16. Para suzish
17. Para akademik eshkak eshish
18. Para o‘q otish
19. Para taekvondo
20. Para triatlon
21. Aravachada regbi
22. Para velosport
Los-Anjelas – 2028 yozgi Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi, shuningdek, musobaqa dasturiga qoyaga chiqish va syorfing sport turlarini ham kiritishni o‘rganib chiqmoqda. Bu boradagi yakuniy qaror IPC Boshqaruv kengashi tomonidan 2023 yil oxirigacha qabul qilinadi.
Fikrlar