Luis Enrike dunyoning eng kuchli terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 22 dekabr, 2022, 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi Titening iste’fosidan so‘ng yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Mutaxassis Qatardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan edi.

Globo Esporte nashri xabariga ko‘ra, Titening ehtimoliy vorislari ro‘yxatida Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Luis Enrike ham bor. Bu lavozimga ispaniyalikdan tashqari frantsiyatslik Zinedin Zidan va germaniyalik Tomas Tuxel da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCh-2022da chorak finalga qadar etib borgan va ushbu bosqichda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi yangilangan FIFA reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!