Luis Enrike Mbappening “choyxona”siga kelmadi, borganlardan ikkitasini jamoadan chetlatdi

  • 24 may, 2024, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Kilian Mbappening xayrlashuv ziyofatiga bormagan klubning yagona vakili bo‘ldi.

Tecno

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis ziyofatning ertasiga unda ishtirok etgan ikki o‘yinchini jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatgan. Bu futbolchilardan biri asosiy tarkib vakili ekani aytilmoqda.

Evropa matbuoti Luis Enrike va Kilian Mbappening o‘zaro munosabati yaxshi emasligi, mavsum davomda ular janjallashgani haqida yozmoqda.

25 yoshli hujumchi PSJdan ketishini rasman e’lon qilgan va katta dasturxon yozib, xayrlashuv marosimini tashkil qilgan edi.

Garchi hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirishi kutilmoqda. Klian 30 iyunga qadar shartnoma bo‘yicha PSJ futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!