
Luis Enrike Mbappening eng katta kamchiligini aytdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike yozda “Real”ga o‘tib ketgan Kilian Mbappening o‘yinida ayrim kamchiliklar borligini aytdi.
- Mbappe hech qachon himoyalanmaydi. Bu ish unga og‘irlik qiladi. Lekin u mavsum davomida kamida 25 ta gol uradi, 15 ta golli pas uzatadi.
Shunday ekan, o‘yin tizimini uning imkoniyatlariga moslashtirish kerak, - dedi Luis Enrike.
25 yoshli frantsiyalik hujumchi 2023-2024 yillar davomida ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p tepgan va Frantsiya chempionligiga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar