
Luis Enrike PSJning muvaffaqiyat sirlarini ochdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike o‘tgan mavsumda jamoa qanday qiyinchiliklarni enggani va kelgusi mavsum rejalari haqida gapirdi.
2024/25 yilgi mavsumda PSJ Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, Frantsiya chempioni bo‘ldi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
"Chempionlar ligasining dastlabki uch-to‘rt uchrashuvida biz chegarada yurgandek bo‘ldik, garchi ko‘proq ochko olishga arzir edik. Holat yomonlasha boshladi, ishonch pasaydi. Barchasi futbolchilarning sadoqati tufayli o‘zgardi. Biz imkoniyat yaratib, gol urolmayotganimizga e’tibor qaratdik va “Nega jarima maydonida eng yaxshi o‘ynaydigan futbolchini topishga e’tibor qaratmaymiz?” degan savol tug‘ildi. Shundan keyin statistikamizning o‘zgarganini ko‘rdik, g‘alabalar ketma-ket kela boshladi, ishonch qayta tiklandi va xuddi o‘sha jamoa engishda qiyinchilikka duch kelmasdan o‘yinlarda ustunlik qila boshladi.
Frantsiya kubogi va Chempionlar ligasi finali oldidan ikki hafta xavotirdaman. Maqsadimiz — o‘yinga tinch, ortiqcha his-tuyg‘usiz chiqish, chunki biz atrofimizdagi muxlislar qo‘llab-quvvatlayotgan va ruhlantirayotgan holatda edik. Har narsaning ortiqchasi yomon. Biz allaqachon 100% kuch bilan o‘ynashimizni bilardik, lekin bu ham yomon. Shuning uchun o‘yinchilarga: “105% kuch bilan harakat qilamiz, 120% emas, chunki bunday o‘yin sizni bo‘g‘ishi mumkin” dedim. Bu alohida o‘yinlar bo‘lib, unda hayajon sezilarli darajada bo‘ladi va futbolchilar bu vaziyatda ajoyib ish qilishdi.
Yangi mavsumda maqsadimiz — yanada kuchayish. Sovrinlar masalasida bu qiyinroq bo‘ladi, ammo futbol jihatidan ham hujumda, ham himoyada yaxshilanishimizga ishonaman. Har bir sovrin uchun kurashamiz. Ulardan barchasini yutolishimizga ishonamiz va bunday yutuq yana tarixga kirishimiz, biz uchun katta motivatsiya bo‘ladi", — deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi parijliklar mutaxassisi.
Eslatib o‘tamiz, 13 avgust kuni PSJ UEFA Superkubok bahsida "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Italiyaning Udineze shahridagi “Friuli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar