Luis Enrike qur’a o‘rniga sayrni tanladi

  • 28.08.2026 13:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun o‘tkazilgan qur’a jarayonini qanday kuzatgani haqida gapirib berdi.

«Bu yerdagi dastlabki uch yil davomida qur’ani doim o‘z ishxonamdan tomosha qilardim. Har safar natija biz uchun haqiqiy fojiaга aylanardi – doim eng kuchli raqiblar tushardi!

Bu safar esa velosipedga minib, Parij ko‘chalarida sayr qilishga qaror qildim. Qaytib kelganimdan keyin esa barchasini xodimlarimdan eshitdim. O‘tgan yildagidan yomon bo‘lmasa kerak. Hazil qilayapman, lekin aslida aynan shunday yo‘l tutishni rejalashtirganman», – dedi Luis Enrique.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!