
Luis Suares o‘ziga yangi jamoa tanladi
Urugvaylik hujumchi Luis Suaresning Evropadagi sarguzashtlari yakunlangan ko‘rinadi. “Atletiko” tajribali to‘purarning “ko‘hna qit’a”dagi so‘nggi klubi bo‘lib qolishi mumkin.
Evropa matbuotining yozishicha, Luis Suares AQSh chempionati vakili “Inter Mayami” bilan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan va yozga ummonortiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan klub Suares bilan ikki yillik bitim imzolamoqchi.
35 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 41 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi. O‘tgan mavsumda Suaresning gollari “Atletiko”ning Ispaniya chempionatida g‘olib chiqishini ta’minlagan edi.
Fikrlar