Luish Figu Ronaldu haqida: “Bu uning shaxsiy ishi”
Taniqli sobiq futbolchi – Luish Figu hamyurti Krishtianu Ronaldu borasida fikr bildirdi.
“Boshqa mamlakatda to‘p surish bu professional futbolchining tanlovi. Uning keyingi manzuli avvalgi darajasidan past yoki baland bo‘lishidan qat’iy nazar, uning karerasining so‘nggidagi tanlovini hurmat qilish lozim.
Bunday shaxsiy qabul qilgan qarorlarni barcha hurmat qilishi lozim.”
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 15 o‘yinida ishtirok etib, raqib darvozasiga 14 gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar