
Luka Yovich: APLda bundanda yaxshi o‘ynayman
"Bundesliga uchun jismoniy daraja juda muhim. "Chelsi" va "Inter" jamoalari bilan o‘yinlardan so‘ng men Premer-ligada yoki A Seriyada yanada yaxshiroq o‘ynashim mumkinligini his qildim. O‘yin uslubi jihatdan bu musobaqalarning jamoalari men uchun mosroq", - deya Yovichning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Marsa" nashri.
Ma’lumot uchun, Luka yakuniga etgan mavsumda Germaniya chempionatining 32 o‘yinida ishtirok etdi va 17 ta gol kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Real" Yoovichning xizmatlariga qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi. 21 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" bilan besh yillik shartnoma borasida kilishib olgan edi, ammo ispan klubi transfer narhi bo‘yicha "Ayntraxt" bilan kelisha olmayapti.
Fikrlar