Lukaku A Seriyada rekord o‘rnatdi

  • 3 fevral, 2020, 14:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milanning "Inter" klubi forvardi Romelu Lukaku o‘z ismini A Seriya tarixiga yozdirib qo‘ydi. Bu haqda Opta statistik portali xabar tarqatmoqda.

Gap shundaki, belgiyalik futbolchi “neradzurrilar” safida debyut qilganidan buyon chempionatning 11 ta safar uchrashuvida maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 12 ta gol urishga erishdi. Bu esa Italiya A Seriyasining yangi rekordi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” Lukakuni 2019 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan 65 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum “Inter” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!