Lukaku borasida kelishmovchiliklar vujudga keldi

  • 28.06.2023 06:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Inter" Romelu Lukakuni kamida yana bir yil jamoada saqlab qolishga qaror qildi.

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan hujumchi 2022/23 yilgi mavsumni Milan klubida ijara asosida o‘tkazdi. Katta ehtimol bilan “neradzurrilar” futbolchi uchun yangi ijara taklifi bilan chiqishadi, deya xabar beradi "The Telegraph".

"Inter" belgiyalik futbolchini 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Chelsi" majburiy sotib olish bandini kiritishga intiladi. Italiya klubida kelishuv bo‘yicha muzokaralar bo‘lishi mumkin degan fikr bor.

Qayd etilishicha, "Chelsi" Lukakuni Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga sotishga umid qilgan, biroq belgiyalik futbolchi unga qilingan taklifni qabul qilmagan va bor etiborini "Inter"ga qaytishga harakat qilishga qaratmoqchi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!