Lukaku futbol tarixidagi transfer rekordini urdi
“Inter”ni chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Romelu Lukakuning “Chelsi”ga o‘tishi belgiyalik futbolchi nomini tarixga muhrladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Romelu Lukaku barcha transferlarni inobatga olganda dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Tajribali to‘purar faoliyati davomida olti marotaba jamoasini almashtirdi. O‘yinchi uchun klublar jami 341 million evro xarajat qilgan. Bu avvalgi rekord sohibi Neymarning transferlaridan 12 million evroga ko‘proq.
Romelu Lukakuning “Chelsi”ga qaytishi londonliklarga 115 million evroga tushgan. O‘z davrida, “Chelsi” uni “Everton”ga 35 million evroga sotib yuborgandi. Lukaku bu ikki jamoadan tashqari “Anderlext”, “Vest Bromvich”, “Manchester Yunayted”, “Inter” sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar