Lukaku "Manchester Yunayted" qarorgohiga qaytdi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku yana jamoa qarorgohiga qaytib keldi va mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
U kichik jarohati sabab “Lids”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok eta olmagan edi.
Ayrimlar nashrlar esa uning “Inter”ga o‘tayotgani sabab mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti degan mavzuda xabarlar chop etayotgan edi. Biroq, hozircha “neradzurrilar” va “qizil iblilar” futbolchining transfer narxi masalasida bir qarorga kela olishmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar