Lukaku: Menga tayinli ilhom bera oladigan murabbiy kerak edi

  • 22 sentabr, 2019, 17:51
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" forvardi Romelu Lukaku Milan derbisida "Milan" (2:0) klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz "Slaviya"ni mag‘lub etganimizdan keyin, yaxshi kayfiyatda edik. Jamoamiz uchun xursandman. Konte bilan munosabatlarim juda yaxshi. 26 yoshlimda aynan shunday murabbiy kerak edi. Ya’ni meni tayinli ilhomlantiradigan va turtki berib tura oladigan murabbiy. Men u bilan bir jamoada ekanligimdan mamnunman.

Skudetto? Bu haqida gapirishni istamayman. Chorshanba kuni bizni "Latsio"ga qarshi yana bir qiyin uchrashuv kutmoqda. Keling, shu haqida o‘ylaymiz," - dedi Lukaku.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik hujumchi A Seriyaning 4 ta bahsida maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!