Lukakuga “Chelsi” yoqmadi va u “Inter”ga qaytadi!

  • 1 yanvar, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta umidlar bilan ulkan xarajatlar evaziga “Chelsi”ga olib kelingan Romelu Lukaku “aristokratlar” safida o‘zini baxtsiz his qilmoqda va tez orada “Inter”ga qaytishni rejalashtiryapti.

Tecno

Aslida belgiyalik to‘purar “San-Siro”da qolishga va’da bergandi, biroq “aristokratlar” moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan “Inter”ga bu hujumchi uchun 97,5 million funt taklif qilgan Lukakuni Angliyaga ko‘chib o‘tishga majbur qildi.

28 yoshli hujumchi premer-ligada kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Romelu klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘llayotgan taktikaga qarshi chiqmoqda va tezroq A Seriyaga qaytish yo‘llarini qidiryapti.

- Jismoniy tomondan hammasiga tayyorman. “Chelsi”dagi vaziyat menga yoqmayapti. Tuxel boshqacha taktikalarni qo‘llayapti.

Yozdagi vaziyat bunday yakunlanmasligi kerak edi. “Inter” muxlislarining hafsalasi pir bo‘ldi. Bu meni bezovta qilyapti. “Inter” doimo yuragimda, men jamoaga top-darajada bo‘lib turganimda qaytishni xohlayman. Milanliklar bilan ko‘p sovrinlarni yutmoqchiman, - dedi Romelu Lukaku.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!