Lukakuni jamoaga yaqinlashtirmang!

  • 30 iyul, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘tgan mavsumni ijara asosiyda “Inter”da o‘tkazgan Romelu Lukakuning ”aristokratlar” safiga qaytishiga qarshilik qilmoqda.

Belgiyalik hujumchi mavsumga tayyorlanishi kerak. Biroq, ayni paytda bu ishniq aysi jamoa tarkibida amalga oshirishni bilmayapti.

Lukaku “Inter”da qolmaydigan bo‘ldi, saudiyaliklarning takliflarini ham rad etdi. Romelu borishni istagan “Yuventus” transfer masalasini paysalga solmoqda.

Pochettinoga ham Lukaku kerak emas. Shu bois, u klub mutasaddilaridan belgiyalik hujumchini mashg‘ulot jarayoniga yaqinlashtirmaslikni talab qilmoqda.

Romeluning maoshi kattaligi tufayli ungi yangi jamoa topish masalasi qiyin kechmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!