
Lukas Leyva Rim klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Rimning "Latsio" klubi o‘zining braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Leyva bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi rimliklar bilan 2022 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Leyva “Latsio” safiga 2017 yil “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida u Rim klubi safida 83ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar