Lyupcho Doriev: "Oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish yaxshi, lekin chempionlikka erishish undan ham muhimroqdir"

  • 12.10.2025 12:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"So‘g‘diyona" va Shimoliy Makedoniya hujumchisi hisoblangan Lyupcho Doriev Sports.uz saytiga qisqacha intervyu berib, bir necha qiziqarli savollarga javob berdi. 
 
Avvalambor, oyning eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli gol muallifi bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Ushbu so‘rovnomada g‘alaba qozonish qanchalik muhim? 
 
"Albatta, mukofotlarni qo‘lga kiritish doimo yaxshi, lekin men uchun jamoa bilan birgalikda chempionlik yoki kubok kabi sovrinlarni yutish undan ham muhimroq hisoblanadi". 
 
"So‘g‘diyona" bilan shartnomangizning tugashiga yana bir mavsum qoldi. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilyaptimi? 
 
"Ha, mening shartnomam yana bir yilga cho‘zildi va 2026 yilgacha "So‘g‘diyona"da qolaman, undan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz". 
 
Jamoa bu mavsumda chempionlik poygasidan tushib qoldi. Shu vaziyatni hisobga olgan holda, kelgusi mavsum uchun klubdagi rejalaringiz va maqsadlaringiz nimalardan iborat? 
 

"Maqsadimiz kubok uchun oxirigacha kurashish edi, ammo mag‘lub bo‘ldik. Bu futbolda bo‘lib turadi. Biz ishimizni davom ettiramiz, oldinga intilamiz va umid qilamanki, kelasi yil buni uddalay olamiz". 
 
Bundan tashqari, sizningcha, bu mavsumda Superliga chempionligini kim qo‘lga kiritadi? 
 
"Bu yil qiziqarli bo‘lmoqda, lekin kim g‘olib chiqsa, o‘sha jamoa bunga munosib bo‘ladi", - deya qisqacha javob berib o‘tdi 30 yoshli hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Doriev Superligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli gol muallifi deb topildi. Hujumchi yakunlangan oyda 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, jizzaxliklar ichki chempionatdagi navbatdagi bellashuvini 17 oktyabr kuni "Surxon"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!