Madrid klubi Frattezini transfer ro‘yxatiga kiritdi
"Atletiko" "Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezini jamoaga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, italyalik futbolchi qishki transfer oynasida Leon Goretksini olib kelish rejasi amalga oshmaganidan so‘ng madridliklar uchun yarim himoyani kuchaytirishdagi asosiy nomzodlardan biriga aylangan. Goretska qishda "Bavariya"ni tark etishdan bosh tortgan va mavsum yakunida erkin agent sifatida ketishga qaror qilgan.
"Atletiko" yarim himoyachini nisbatan kichik mablag‘ evaziga jalb qilishni rejalashtirmoqda, chunki klub Ademola Lukman transferi uchun mablag‘ ajratmoqchi. Frattezini ijara asosida olish varianti ham istisno etilmayapti.
Avvalroq Lukmanga "Fenerbaxche" ham da’vog‘ar ekani xabar qilingan edi. Turkiya klubi "Atalanta" bilan hujumchini bonuslar bilan birga 40 million yevroga transfer qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Fikrlar