Madrid superklubining haqiqiy sardori vafot etdi
Kollyar 1960 yildan 1969 yilgacha “Atletiko”da sardor vazifasini bajargan. Bu klub tarixidagi eng uzoq sardorlik davri hisoblanadi.
Madridning “Atletiko” klubi o‘zining sobiq futbolchisi va sardori Enrique Kollyarni so‘nggi manzilga kuzatdi. Klub tarixida eng uzoq muddat jamoa sardori bo‘lgan bu futbolchi 91 yoshida olamdan o‘tdi.
Enrique Madrid klubi safida 16 yil davomida 470 ta o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol urgan. Hozirgacha u “Atletiko” uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan besh futbolchi ro‘yxatida turadi.
Futbolchilik faoliyatini 1970 yilda yakunlagan Kollyar Ispaniyaning “Kadis”, “Mursiya” va “Valensiya” kabi klublarida ham to‘p surgan.
Ispaniya milliy terma jamoasi bilan 1964 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan.
Fikrlar