Madridliklar barcha davrlar rekordini o‘rnatdi
Madridning “Atletiko” klubi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida Angliyaning “Tottenxem Xotspur” jamoasini 5:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va klub tarixidagi asosiy evrokubok turnirida yangi rekord oʻrnatdi.
Opta Sport statistika portali maʼlumotiga koʻra, “matraschilar” Chempionlar ligasi tarixida birinchi marta bir oʻyinning birinchi boʻlimida toʻrtta gol urdi.
Shu bilan birga, “Atletiko” Chempionlar ligasi pley-off bosqichida birinchi boʻlimda toʻrtta gol urgan ikkinchi ispan jamoasiga aylandi.
Bundan avval bunday natijani faqat “Barselona” qayd etgan. Kataloniya klubi buni 2009 yilda ikki marta amalga oshirgan. Ōshanda “Barsa” futbolchilari Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Lyon”ni 5:2 hisobida magʻlub etgan va chorak finalda “Bavariya”dan 4:0 hisobida ustun kelgan.
Fikrlar