Madridliklar ustozi hech kim erishmagan natijani uddaladi

  • 02.02.2025 12:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 22-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Malorka”ni qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bu bellashuv madridliklar ustozi Diego Simeone uchun “Atletiko” boshqaruvidagi 500-o‘yin sifatida qayd etildi.

Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida “Atletiko” 500 ta uchrashuvdan 305 tasida zafar quchgan, 112 marotaba durang o‘ynagan va 82 marta yutqazgan.

Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, 54 yoshli  Simeone La Ligada 500 ta va undan ko‘p uchrashuv o‘tkazgan sakkizinchi bosh murabbiy bo‘ldi. Biroq Simeone bu ko‘rsatkichni faqat bir jamoa bosh murabbiysi sifatida qayd etgan yagona mutaxassis hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!