
Mahmud Murodovning barcha mag‘lubiyatlari
MMA bo‘yicha O‘zbekistonning eng yuqori natijalar ko‘rsatayotgan jangchisi Mahmud Murodov faoliyati davomidagi mag‘lubiyatlarini eslab o‘tamiz.
UFC tarixida yagona o‘zbekistonlik bo‘lib turgan hamyurtimiz biror marotaba nokaut evaziga mag‘lub bo‘lmagan.
Dana Uayt prezidentligidagi promoushenda 2 ta jang o‘tkazib ulgurgan Murodov umumiy 6 marotaba mag‘lubiyatni tan olgan.
Murodov 22 yoshida faoliyatini endigina boshlab, ikkita jangda g‘alabani qo‘lga kiritganidan so‘ng, uchinchi jangi 2012 yilning 30 sentyabr kuniga to‘g‘ri keldi. Unga Kamil Tsibinskiy raqiblik qildi va og‘ritish uslubi (tirsakni qayirish) evaziga hamyurtimiz dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Oradan 2,5 oy vaqt o‘tib, Marchin Krishtofyak hakamlar qaroriga ko‘ra, Murodovni taslim etgan.
2013 yilning noyabrida bo‘g‘ish uslubi bilan Livio Viktoriano 23 yoshli jangchi ustidan g‘alabaga erishgan.
Matsey Rozanski Mahmud Murodovni ikki marta taslim etgan. Avvaliga, 2013 yilning may oyida bo‘g‘ish uslubi va 2014 yilning dekabrida hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra, yurtdoshimiz mag‘lubiyatni tan olgan.
2016 yilning dekabr oyida Devid Ramires texnik nokaut evaziga 26 yoshdagi Murodovni mag‘lub etgan, ammo oradan 2 yil vaqt o‘tib, hamyurtimiz revansh jangida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirgan.
Ma’lumot uchun, o‘z mashg‘ulotlarini asosan Chexiyada olib boradigan jangchi faoliyati davomida boshqa mag‘lub bo‘lmagan. Uning hisobida 24 ta g‘alaba bor va so‘nggi mag‘lubiyatidan keyin, ketma-ket 13 ta jangdan buyon zafar quchib kelmoqda.
Fikrlar