Majburan ushlab turilgan superto‘purar rahbarlarga qarshi bosh ko‘tardi!

  • 17 iyul, 2021, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning asosiy to‘purari Harri Keyn yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti”ga o‘tib ketmoqchi. Xosep Gvardiola jamoasi hujumchi uchun 100 million funt taklif qilib, rad javobini oldi.

Tecno

“Tottenxem”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Nunu Santu ham kelasi mavsum angliyalik hujumchiga ishonch bildirishini ta’kidladi.

- Harri – bizning o‘yinchi va shu bilan bu mavzuga nuqta qo‘yiladi. Boshqa gaplarning bari ortiqcha. Evropa chempionatidan keyin Keyn dam olishi kerak va vaqti kelib, mashg‘ulotlarga qaytadi. U o‘z ishining ustasi va uni qo‘yib yuborish ahmoqlikdir, - dedi Nunu Santu.

27 yoshli hujumchining o‘zi agar klub uni qo‘yib yubormasa, mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortishini bildirmoqda. Keyn sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilishga qodir kuchli klublarda to‘p surishni istamoqda.

Hozircha, transfer masalasi echilgani yo‘q. Unga “shaharliklar”dan tashqari “Barselona” ham xaridor bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!