
MakGregor Taysonga: Mayk hayotim bilan qasam ichaman, Meyvezerni do‘pposlayman!
MMA ustasi Konor MakGregor afsonaviy bokschi Mayk Taysonga revansh jangida Floyd Meyvezerni engishga va’da berdi.
Yaqinda “Temir Mayk” intervyulardan birida Konor MakGregorni uch yil muqaddam boks qoidalari bo‘yicha Meyvezer bilan o‘tkazgan jangi uchun maqtagan edi.
- Rahmat, Mayk. Shuni bilki, Floydning usuli haqidagi hozirgi bilimlarim, boks bo‘yicha qariya ustozim maslahatlari asosida Meyvezerni engish uslubini topaman va uni do‘pposlayman. Hayotim bilan qasam ichaman. "Temir Mayk" qaytganingdan juda xursandman, - dedi Konor MakGregor.
Fikrlar