Maksim Shatskix "Bunyodkor"ga qarshi qiyin uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 25.06.2023 22:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Paxtakor" jamoalari (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Muxlislarga o‘yinimiz yoqdi deb o‘ylayman. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladi, to‘p darvozaga kirmaydi. Juda ko‘p keskin vaziyatlar yaratdik. O‘yin oxirida xarakter ko‘rsatib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldik.

Xolmatov yaxshi harakat qildi. Biz unga yangi pozitsiya topdik. Kurashga kirishib, to‘p bilan yurishni yoqtiradi. Mashg‘ulotlarda buni tekshirdik. Hamrobekov ham juda yaxshi o‘ynadi. Hamraliev safardan kelgani sababli Odilni himoyada o‘ynatdik.
Jamoaviy harakatlardan qoniqish hosil qildim. Qanotdan ham, markazdan ham ko‘p hujumga o‘tdik. Ikkinchi bo‘limda yanada oldinroqqa chiqib, raqibga yuqoriroqda bosim

o‘tkazdik. Birinchi gol urilganda juda yaxshi kombinatsiya yuzaga keltirildi.
Fayzullaev hujum ortida va qanotlarda birdek o‘ynay oladi. Tez, texnikasi yuqori, aqlli harakat qiladi. Raqibga qarab uning kuchli jihatlaridan maksimum foydalanishga intilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jabborov Alisher
26/06/2023 13:27
Zòr Shatskix yoshlarga imkon beraverish kerak