
Maksim Shatskix: "Terma jamoadan kelgan yigitlarga dam berdim"
"Paxtakor" - "Turon" (3:0) o‘yinidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix bahs haqida fikrlarini bildirdi.
- O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq masalani hal qilsak bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda ham bo‘shashmadik va gollar urdik. G‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etganimizni barcha ko‘rdi.
"Turon"ning raqib bo‘lgani asosiy tarkibni tanlashga ta’sir qilmadi. Terma jamoadan kelgan yigitlarga dam berishga qaror qildim. Ular terma safidan qaytganidan keyin hali dam olishgani yo‘q. Ular bir necha kun oilasi bilan vaqt o‘tkazish va futboldan biroz dam olishga imkoniyat berdim. Kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga esa bugun imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. Umid qilamanki, bugungi g‘alaba yigitlarga ko‘proq kuch beradi. Chempionlar ligasi bahsida kim maydonga tushishini bilmayman, lekin bugungi g‘alaba futbolchilarni ruhiy jihatdan kuchaytiradi.
Saitovning aniq va kuchli zarbasi borligi hech kimga sir emas. U o‘tgan mavsum aynan shunday zarba bilan bizni ranjitgandi. Men undan yana shunday zarbalar berishini talab qilib kelayotgandim. Biroq zarbalar aniq mo‘ljalga bormayotgandi. Nihoyat, u uzoq masofadan gol urdi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar