Maksim Shatskix: "Ular ketishni xohlashdi"

  • 04.03.2024 23:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda amaldagi shempionlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi

Uchrashuvdan so‘ng sherlar" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun yigitlar ko‘rsatmalarni o‘yin davomida bajarishdi. Tayyorgarlik jarayonida ishlanmalarga amal qilishdi. Bu birinchi o‘yin, 3 kundan keyin bizni navbatdagi bellashuv kutmoqda.

Murabbiy tarkibdan qoniqish hosil qilmaydi, hamisha kamchilik topiladi. Rahbariyat oldimizga iqtidorli yoshlar bilan yaxshi ishlash vazifasini qo‘ygan. Shuni bajarish uchun intilamiz. Barcha terma jamoalarda futbolchilarimiz ko‘p. Yoshlarni asta-sekinlik bilan tarbiyalab boramiz, imkoniyat beramiz. Etakchilar o‘rnini birdaniga to‘ldirib bo‘lmaydi. Ular ketishni xohlashdi, endi yoshlar darajasini o‘stirishga urinamiz.

Bizda chempionlik ruhiyati bor - jamoada, stadionda, klubda. Lekin yoshlar dastlab "Paxtakor"ga moslashib, buni tushunib olishlari kerak".

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda "Paxtakor" o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!