Malayziya kubogi. "Terengganu" g‘alaba qozondi, Nurillo To‘xtasinov esa ...

  • 16 sentabr, 2023, 20:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Malayziya kubogi 1/4 final bosiqichidan o‘rin olgan "Terengganu" va "Selangor" jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘qnashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Terengganu" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Nurillo To‘xtasinov bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi. To‘xtasinov 22-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Yana bir vakilimiz Sardor Qulmatov esa qaydnomadan o‘rin olmadi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 24 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!