
"Man Siti", "Arsenal" va "Real"da to‘p surgan Adebayor ishsiz qoldi
Hujumchi Emmanyuel Adebayor va Paragvayning "Olimpiya" klublari o‘rtasidagi kelishuv ikki tomon roziligiga ko‘ra bekor qilindi.
"Olimpiya" klubi bu qaror futbolchining koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishi va o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi ortidan qabul qilinganligini ta’kidlamoqda.
Klub Adebayorga vaziyatni professionallarcha tushungani uchun minnatdorlik bildirib, unga kelajak ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shu tariqa, togolik futbolchi erkin agentga aylandi.
Adebayor "Olimpiya" klubigacha "Kayserispor", "Bashakshekir", "Kristal Pelas", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal", "Real", "Mets" va "Monako"da to‘p surgan.
Fikrlar