Mana buni transfer desa bo‘ladi! Husanovning Frantsiyaga ketayotgani qanday baholanmoqda?

  • 14 iyul, 2023, 21:33
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

2022 yilning boshidan Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan 19 yoshli legionerimiz Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga qo‘shilishi kutilmoqda.

AP23150786887729 (1)

Bu transfer rasmiylashtirilishi uchun ikki qadam qoldi. Birinchidan, Abduqodir Husanov Frantsiyaga borib shartnomani imzolashi kerak. Ikkinchi masala, futbolchining “Energetik-BGU” bilan amaldagi bitimi shu yilning oxirigacha davom etishi tufayli, “Lans” vakillari Minsk klubi bilan badal puli masalasini hal qilishi shart.

Shunga qaramay, futbol muxlislari Husanovning kuchli beshlik chempionatiga, ayniqsa, Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan klubga o‘tayotganini ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilishni boshlab yubordi.

Sports.uz portali futbol ishqibozlari e’tiboriga muxlislarning Husanov transferi haqidagi fikr-mulohazalarini havola qiladi.

Yura Rassadin:

Bu ma’lumotga ishonish qiyin. Hozircha, “Lans” transferni rasman tasdiqlamadi. “Energetik-BGU” ham jim.

Agar bu transfer amalga oshsa, Abduqodir Husanovning foydasiga ishlaydi.

Old Joker:

O‘zbek futbolchisiga omad tilayman. Agentiga ham gap yo‘q. “Energetik-BGU”dan “Lans”ga transferni qanday amalga oshirish mumkinligini aqlimga sig‘dira olmayapman. Bu tushimmi yoki o‘ngimmi?

Ha, to‘g‘ri tushunaman, yigit 19 yoshda, baland bo‘yli, baquvvat markaziy himoyachi, O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyutini nishonladi.

Lekin birdaniga “Lans” singari katta klubga o‘tishini kutmagandim. Agenti juda zo‘rga o‘xshaydi. Yana bir bor balli, deyman!

Maksim Smirnov:

Husanov 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida porlagan edi. O‘zbeklar bejizga pley-offda o‘ynagani yo‘q. Bunda Abduqodirning ham xizmatlari katta.

Hon:

Frantsuzlar Husanovni Argentinadagi jahon chempionatida kashf qilishgan.

Farrukh Jurakhanov:

Abduqodir 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan terma jamoaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri edi. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham jamoaning eng yaxshi fubolchisi bo‘ldi.

Krasota:

Bu yigitga omad tilayman!

Andrey Chekavyy:

Bepul ketib qolmasa bo‘ldi.

Feliks Tsukerberg:

O‘zbek futbolchisiga omad, biznikilar hali ham masharabozlik qilib yuribdi.

Leshka Alekseev:

Transfermarkt portali o‘yinchining narxini oshirdi.

Yuriy Soroka:

Faoliyatida katta o‘sish bo‘ladi. Husanovga yangi klubida omad. Biroq, asosiy tarkibdan joy olishi ancha og‘ir bo‘ladi.

Igor Vyacheslavovich:

Qancha to‘lashsa ham, klubga foyda.

gettyimages-1256567914-612x612

Dmitry Novichkov:

Mana buni transfer desa bo‘ladi! Abduqodirga faqat omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Italiyaning 115 yillik jamoasi Shomurodovni so‘rayapti!

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!