
Manba: PSJ bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Parij klubi bosh murabbiy Kristoff Galte bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar beradi "Le Parisien". Bu haqda Galtega futbol maslahatchisi Luis Kampos malum qildi.
Galte o‘tgan yozda PSJni qabul qilib, ikki yillik shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda parijliklar 11 marta Liga 1 g‘olibi bo‘lishdi, ammo EChLning 1/8 finalida "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lib (0:1, 0:2) turnirni tark etdi.
Bundan tashqari, PSJ fevral oyida 1/8 finalda "Marsel"ga (1:2) yutqazib, Frantsiya kubogidagi yurishini ham erta yakunladi.t
Fikrlar