"Manchester Siti" 80 millionlik himoyachini sotib olmoqchi

  • 17 mart, 22:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yozda o‘z tarkibini qayta qurishni rejalashtirmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyani kuchaytirishni xohlaydi, shuning uchun klub "Yuventus" futbolchisi Andrea Kambyasoga jiddiy qiziqmoqda. 

"TodoFichajes"nashrining xabar berishicha, qishki transfer oynasida "Manchester Siti" Kambyasoni sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq tomonlar narx borasida kelisha olishmagan. Yaqinlashib kelayotgan yozda "Yuventus" 25 yoshli futbolchi uchun 80 million evro talab qilishi kutilmoqda.

2024/2025-yilgi mavsumda italiyalik fulbek 35 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!