"Manchester Siti" APL chempionligi uchun kurasha olmaydi"

  • 23.01.2025 16:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Pol Mersonning fikriga ko‘ra, "Manchester Siti" APL chempionligi uchun kurasha olmaydi. 

Pep Gvardiola shogirdlari Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 22 o‘yindan so‘ng 38 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Liverpul" bilan oradagi farq 12 tani tashkil etadi. 

- "Manchester Siti" chempionlik poygasiga qaytishi mumkinmi? 

- Menimcha, yo‘q. Ular chempionlik uchun emas, kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashadi. 

"Siti" shanba kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. O‘ylaymanki, londonliklar ularni mag‘lub etishadi",
- dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson. 

Shanba kuni "Manchester Siti" APL 23-turi doirasida "Chelsi"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!