
"Manchester Siti" "Barselona"ning yulduz hujumchisini ilib ketmoqchi
"Manchester Siti" so‘nggi kunlarda "Barselona" etakchisi hisoblangan Rafinyani olib kelish haqida o‘ylamoqda, deb xabar bermoqda "El Nacional" va "TeamTalk" nashrlari.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshchiligidagi manchesterliklar braziliyalik hujumchi uchun "ko‘k-anorranglilar"ga 100 million evro taklif berishga tayyor. Biroq, kataloniyaliklar Rafinyaning bu mavsum qayd etayotgan natijasidan so‘ng qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi bu mavsum "Barselona" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 80 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar