“Manchester Siti” bilan g‘alati o‘yin bo‘ladi

  • 08.09.2025 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasining umumiy guruhida “Manchester Siti” futbolchilari “Napoli”ga to‘qnash keladi. Bu bahs 18 sentyabr kuni “Etixad” stadionida bo‘ladi.

Yozgi transferlar davrida “Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatidan keyin klub bilan xayrlashib, “Napoli”ga ko‘chib o‘tgan Kevin de Bryuyne bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu juda qiziqarli va ayni paytda men uchun g‘alati o‘yin bo‘ladi. Chunki men bu gal raqib tomonida o‘ynayman. Biroq “Manchester Siti”ni har doim o‘zimning jamoam sifatida qabul qilaman.

Klubdan ketishimni muhokama qilganimizda, men agar Evropada qolsam, “Manchester Siti” bilan  Chempionlar ligasida to‘qnash kelib qolishimizni aytgandim, - dedi Kevin de Bryuyne.

Belgiyalik futbolchi “Manchester Siti” tarkibida olti marotaba Angliya Premer-ligasi chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!