"Manchester Siti" "Chelsi" himoyachisini sotib olishga qiziqmoqda
Londonning "Chelsi" jamoasida to‘p surib kelayotgan yosh himoyachi Malo Gyusto yaqin vaqtlarda "Manchester Siti" safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida fransuz nashri L'Équipe xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, "Manchester Siti" Gyusto bo‘yicha rasmiy ma'lumot so‘rab, "Chelsi" bilan aloqaga chiqqan. Sababi – "shaharliklar" yozgi transfer oynasida jamoaning o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 23 yoshli fransuz futbolchisi "Chelsi"dagi katta raqobat tufayli jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida tilga olinmoqda. Ayni paytda "Manchester Siti" uning atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Gyusto klub darajasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari Gyustoning transfer qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar