"Manchester Siti" Edersonning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
"Manchester Siti" 31 yoshli darvozabon Edersonni kelayotgan mavsum uchun jamoada saqlab qolish niyatida. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
Turkiyaning "Galatasaray" klubi braziliyalik posbonga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning vakillari bilan dastlabki kelishuvga erishgani haqida avvalroq xabarlar tarqalgandi. Ammo "shaharliklar" hozircha rasmiy taklif qabul qilmagan va tajribali darvozabonni asosiy variant sifatida ko‘rishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, manchesterliklar bir necha darvozabon bo‘yicha surishtiruvlar amalga oshirayotgani haqida ham xabarlar chiqqan edi.

Ederson o‘tgan mavsumda APLda 26 o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar