"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona"ga o‘tmoqchi

  • 6 mart, 2023, 18:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyaport "Manchester Siti"ni tark etib, "Barselona"ga o‘tmoqchi.

Tecno

 "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. 28 yoshli futbolchining vakillari allaqachon Kataloniya klubi vakillari bilan aloqaga chiqqan.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Emerikni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi. Yosh mutaxassisga chap oyoqda o‘ynay oladigan markaziy himoyachi kerak.

Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali Ispaniya terma jamoasi a’zosini 38 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!