
"Manchester Siti" futbolchisi tarixiy rekordni takrorladi
Angliya Premer-ligasining 23-turi doirasida "Manchester Siti" 3:1 hisobida "Chelsi" ustidan zafar quchdi.
Mazkur uchrashuv davomida manchesterliklar darvozaboni Ederson faoliyatidagi 5-golli uzatmani amalga oshirib, tarixiy rekordni takrorladi.
Xabaringiz bor, bellashuvning ikkinchi goliga braziliyalik posbon assistentlik qildi. Ya’ni uning uzatmasidan so‘ng Erling Holand "shaharliklar"ni oldinga olib chiqdi. Shu bois, Ederson faoliyati davomidagi 5-golli uzatmaga mualliflik qilib, Premer-liga rekordini takrorladi. Bu ko‘rsatkich avvallari "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Pol Robinsonga tegishli edi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli posbon joriy mavsumda 15 ta to‘qnashuvdada 20 ta gol o‘tkazib, 3 ta bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar