"Manchester Siti" futbolchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum etilish arafasida

  • 18 noyabr, 2021, 20:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi himoyachisi avgust oyidan beri qatorasiga 4 nafar begona ayolning nomusiga tegishda aylanmoqda. Sud ayni damda, Mendini quyidagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilmoqda.

Tecno

16 yoshdan katta bo‘lgan 4 ayol futbolchi ularni 2020 yilning oktyabr oyidan 2021 yilning avgusti orasida nomusiga tekkani borasida Angliyaga sudiga murojaat etgan. Barcha ayollar voqea futbolchining Cheshir grafligidagi koshonasida bo‘lgani haqida bayonot bergan.

  1. Mendidan tashqari, Lui Saa Matturi ham barcha jinoyatlarda unga sherik ekanlikda gumonlanmoqda.
  2. Sud o‘z hukmini 2022 yilning 24 yanvar sanasida o‘qishi kutilmoqda. Shunga qaramay, tergovchi olib borayotgan ishdagi yangiliklar sudni biroz ortga surishga majbur etishi mumkin.
  3. O‘tgan oyda, sud futbolchini garov evaziga ozodlikka chiqish borasida yuborgan 3-taklifini ham rad etgan. Sudya qo‘lidagi dalillarning ko‘pligi, bunga vaj qilib ko‘rsatilmoqda.
  4. Hozirda, Benjaminni Liverpul shahrining "HMP Alocource" qamoqxonasida ushlab turishibdi. Uning o‘zi, barcha ayblovlarni rad etishda davom etmoqda.

shotsushaotsuatsu

Turmada unga qiyin bo‘lmoqda

Ilk bor o‘tkazilgan sud jarayonida, amaldagi jahon chempionini taniqli Hikman&Rose advokatlar uyi vakili - Jenni Uilsher himoya qildi. U turli nashrlar vakillarining iltimosiga qaramay, vaziyatga oydinlik kiritishni istagani yo‘q. Shuningdek, o‘z mijoziga ham OAV bilan aloqa qilishni man etgan. "Daily Mail"ning xabar berishicha, futbolchi bilan bog‘lanishga bo‘lgan barcha urinishlar besamar ketgan.

Sud ham "yopiq eshiklar kuni"da o‘tkazilgani bois, aniq ma’lumot berishning imkoni yo‘q. Shu bois, ingliz nashrlari tomonidan berilgan insayd ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz. "The Sun"ning yozishicha, Mendi o‘ta xavfli jinoyatchilar uchun ajratilgan VIP blokka joylangan. Qahramonimiz, sudya uni VIPga jo‘natayotganini eshitib, avvaliga xursand bo‘lib ketgan. Keyinroq gap nima haqida borayotganini bilgach, uvvos solib yig‘lab yuborgan.

"The Telegraph" esa, futbolchining do‘stlari sifatida sudga Jek Grilish va Riyad Mahrez chaqirilgani haqida ma’lumot tarqatmoqda. O‘sha kuni, bu yigitlar tungi klubga Mendi bilan birgalikda yo‘l olgan, biroq uyga futbolchining bir o‘zi kelgani taxmin qilinmoqda.

Afsuski, futbolchining do‘stlari tomonidan u haqida aytilgan iliq so‘zlar sudda hech qanday naf bergani yo‘q. Sababi, Mendi qonun oldidagi hurmatini ancha yo‘qotgan. Bir yil avval mast holda mashina haydagani uchun 500 ming evro bilan qutilib qolgan edi.

wgkmeiegjwigwe

2020 yilning yanvar oyida esa, karantin qoidasini naqd 13 bor buzgani uchun kattagina jarima to‘lashga majbur etildi. Boz ustiga, futbolchining qo‘shnilari u haqida tergovchi bilan suhbatda asosan negativ fikr bildirgani ham sudyaning e’tiborini tortgan ko‘rinadi.

"Manchester Siti" undan voz kechdimi?

Avgust oyida Mendi haqidagi xunuk xabarlarning birinchisi omma yuzini ko‘rishi bilan, "Siti" eng shimarib, ishga kirishdi. Klub uning ismi tushirilgan futbolka va turli atributlarni savdodan oldi. Jamoa rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi ma’lumotlar to‘liqligicha o‘chirib tashlandi.

Hatto, taniqli FIFA simulyatori vakillari ham Benjaminning kartochkasini "FIFA 22"dan to‘liq olib tashladi. Shunga qaramay, Ultimate Taem ilovasida uning kartochkasiga ko‘zingiz tushishi mumkin.
Bu janjallardan avvalroq, "shaharliklar" Mendining transferini klub tarixidagi eng omadsizi ekanligini tan olgan edi.

  • 3 yil davomida Mendining transfer narxi 35 millionga arzonlab ketdi. 2017 yilda 35 million 57,7 million evro evaziga xarid qilingan himoyachi o‘z davrida bu borada mutlaq rekord o‘rnatgan edi.
  • Qahramonimiz Manchester shahrida naqd 16 ta jarohat olib, umumiy hisobda 123 o‘yinni o‘tkazib yubordi. Bu 727 kun klub uchun foydasiz futbolchi bo‘ldi, degani.
  • 2018 yilda Pep uni mashg‘ulotga 3 soat kechikib kelgani uchun qattiq koyib bergan, uni karerasiga befarqlikda ayblagan edi.

Achinarlisi shundaki, klub murabbiylar shtabi deyarli 10 bor Mendi bilan suhbatlashib olgan. Unga alohida psixolog ham yollangan, ammo o‘zgarish bo‘lmadi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari esa, klub reputatsiyasiga keskin ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.

FIFA-22-Mendy

Minimum 10 yil, maksimum umrbod qamoq jazosi

Ingliz qonunlariga ko‘ra, u qilgan jinoyatning 3 xil turi mavjud. Unga ko‘ra, jazo 10 yildan umrbod qamoq jazosigacha ko‘tarilishi mumkin.

Benjamin bir emas, bir necha jinoyatlarda ayblanayotgani bois, vaziyat ancha jiddiy. Boz ustiga, u bu ishlarni bir o‘zi amalga oshirmagan. Guruh bo‘lib qilingan jinoyatlar uchun beriladigan jazo muddati bir muncha ko‘proq bo‘lishini inobatga olsak, Mendining kelajagi juda katta xafv ostida. Mahalliy nashrlar, uni kamida 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish borasidagi qaror chiqishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Futbolchining agenti va advokatlari ham jim qarab turgani yo‘q. Ular, voqeaga guvoh bo‘lgan 3 ta qizni sudda ko‘rsatma berishga ko‘ndirgani haqida ma’lumotlar bor.

duwehuhdwehdwhedw

Ingliz yuristlarining aytishicha, bu vaziyatdan futbolchini uning uddaburon advokatidan boshqa hech kim olib chiqib keta olmaydi. Katta ehtimol bilan, Uilsher himoyani mijozining mast yoki narkotik modda ta’sirida jinoyatga qo‘l urgani haqida g‘oya ustiga quradi. Ana shunda, sud hukmni yumshatishga majbur. Aks holda, 2018 yilda JCh oltin medallariga ega chiqqan yigit umrining juda katta qismini turmada o‘tkazishi mumkin.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!