"Manchester Siti" Gexi uchun kurashga qo‘shildi
O‘tgan yozda "Kristal Pelas"ni tark eta olmagan markaziy himoyachi Mark Gexi Evropaning ko‘plab nufuzli klublari e’tiborini tortmoqda.
"Star on Sunday" nashrining xabar berishicha, futbolchiga yangi da’vogar sifatida "Manchester Siti" kurashga qo‘shildi. Endi jamoa "Liverpul", "Bavariya", "Barselona" va "Real Madrid" kabi jamoalar bilan Gexini qo‘lga kiritish uchun kurashishi kerak bo‘ladi.
Bu jang yanvarda, qishki transferlar oynasi ochilishi bilan boshlanadi. Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda oltita o‘yinda ishtirok etib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt saytining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar