
"Manchester Siti" himoyachisi 21-asr rekordini o‘rnatdi
Kaden Breytveyt "Manchester Siti"ning 21-asrdagi eng yosh futbolchisiga aylandi.
Markaziy himoyachi kecha Angliya Liga kubogi doirasidagi "Uotford"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Ya’ni u maydonda bo‘lgan payt 16 yoshu 183 kunlik edi. Mazkur natija orqali Breytveyt "shaxarliklar"ning bu asrda maydonda tushgan eng yosh futbolchisiga aylandi.
Endi jamoa keyingi o‘yinini 28 sentyabr kuni APL doirasida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar