"Manchester Siti" himoyachisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Akening xizmatlariga "Bornmut" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Ingliz OAVlarida tarqalgan ma'lumotga koʻra, "olchalar" qishki transfer oynasida niderlandiyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishni reja qilgan. Ake ham "Manchester Siti"dan ketishni istamoqda. Bunga sabab, yaqinlashib kelayotgan mundial oldidan futbolchi koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni xohlaydi. Shuningdek, Natanning xizmatlariga "Atletiko Madrid", "Barselona" va APLning bir nechta jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Ake joriy mavsum Gvardiola qoʻl ostida 16 ta uchrashuvda maydonda harakat qilishga erishdi.
Fikrlar